Sayyora
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayyora (sayyor, harakatchan) — keskin termoyadroviy reaksiyalardan xoli boʻlgan yulduz atrofida aylanuvchi, mehvarida oʻzidan katta jism mavjud boʻlmagan va mehvarining ekssentrisiteti 0 ga yaqin boʻlgan osmon jismi. Quyosh tizimidagi sayyoralar massasi va hajmi Quyoshnikidan bir necha oʻn-yuz marta kam. Antik davrda, hatto undan avval yettita «sayyora»: Quyosh, Oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn «qoʻzgʻalmas» yulduzlar orasidan ajratilib koʻrsatilgan edi. Bu yoritkichlarning hammasi Yer atrofida aylanadi, deb hisoblanardi. 16 asr boshidagina polyak astronomi, geliosentrik tizim muallifi Nikolai Kopernik Yer atrofida faqat Oy aylanishini, qolgan sayyoralar esa Yer kabi Quyosh tizimi markazi boʻlgan Quyosh atrofida aylanishini koʻrsatdi. Quyoshning oʻzi esa sayyora emas, u yulduzdir, chunki yorugʻlikni qaytarmaydi, balki oʻzi chiqaradi. Oy ham sayyora emas — u Yer yoʻldoshi. Yangi davrda yana uch sayyora kashf etildi: Uran (1781, Villiam Gershel), Neptun (1846, Jon Adams, Urben Leverye, Iogann Galle), Pluton (1930, Persival Lovell, K. Tombo) (Pluton keyinchalik (2006dan) sayyora sifatida koʻrilmaydigan boʻldi). Bundan tashqari minglab kichik sayyoralar (asteroidlar) ochilgan, ularning diametrlari bir necha yuz kilometr va undan kam.
Bu maqola vikifikaziya qilinishi kerak. |
|
Iltimos, bu maqolani vikipediya qoida va yo'llanmalariga muvofiq bezang. |