Polsha
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Milliy shior: mavjud emas | |
Davlat tili | polyakcha1 |
Poytaxt | Varshava |
Eng yirik shahri | Varshava |
Prezident | Leh Aleksandr Kachinskiy |
Bosh Vazir | Yaroslav Kachinskiy |
Hududi — Jami — suv %i |
Jahonda 68-o`rinda 312,685 km² 2.6 % |
Aholi — Jami (2000) — Zichlik |
Jahonda 30-o`rinda 38 633 912 123.5/km² |
Mustaqillik — Sana |
Qayta tiklangan 11 noyabr 1918 |
Valyuta | Zlotiy (PLN) |
Vaqt zonasi | GMV+1 |
Milliy madhiya | Mazurek Dąbrowskiego |
Internet-domen | .pl |
Telefon kodi | 48 |
1 2005 yil 6 yanvarda qabul qilingan qonunga ko`ra, aholisining 20%idan kam bo`lmagan qismi milliy ozchilikdan iborat gminalarda, (Polshada bunday gminalardan 41tasi mavjud), davlat idoralarida ikkinchi tildan foydalanishga ruxsat etiladi. Bu qonun joylarning nomlanishiga ham ta`sir etadi. Qonun beloruscha, litovcha va nemischa tillarga joriy etilgan. |
Pólsha (Pólsha Respúblikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha republika (respublika) so`zi emas, balki eski — Rzeczpospolita (polyakchadan: Pospolit nutqi) so`zi ishlatiladi) — Yevropadagi davlat, shimoldan Baltika dengizi bilan yuviladi.
Maydoni — 312,7 ming km².
Aholisi — 38,6 mln. odam.
Rasmiy til — polyakcha.
Din — asosan katolizm, hamda iudaizm, lyuteranlik, pravoslavie.
Davlat boshlig`i — prezident.
Qonun chiqaruvchi organ — Ikki palatali parlament: Seym (quyi palata) va Senat (yuqori palata).
Ma`muriy-huduiy taqsimoti: 16 voyevodstvo.
Pul birligi — zlotiy.
[tahrir] Tarihi
To`liq maqola: Polsha tarihi
[tahrir] X — XIX asrlar
X asrda Polsha davlati vujudga keldi, xristianlik qabul qilindi (966), 1025dan Polsha — qirollik.
XIV asrda Gall-Volin knyazligiga qo`shilib, totor-mo`g`ul bosqinidan kuchsizlangan g`arbiy rus yerlariga yurish qiladi.
Lyublino birligiga bo`ysunib (1569) Polsha Buyuk Litva knyazligi bilan birgalikda yagona davlat — Pospolita Nutqini tashkil qiladi.
Peterburg konvenciyalariga ko`ra 1770 —90-х yillarda Pospolita Nutqi hududi Prussiya, Avstriya va Rossiya o`rtasida bo`linib olingan edi (3 bo`lim — 1772, 1793, 1795). Ukrain va beloruslar yashaydigan kattagina yer qismi, rus tarixchilari fikricha Polsha tomonidan XIV-XVI asrlar mobaynida bosib olingan asl rus yerlaridir.
1807da Napoleon I Polsha yerlarining bir qismidan Varshava knyazligini tashkil etdi. Vena kongressi (1814—15) Polshani qaytadan taqsimladi: Varshava knyazligining katta qismidan Polsha Chorligi barpo etildi (Rossiyaga berilgan); Poznanshchina Prussiyaga tegdi, hamda o`zi bilan birga Sileziya va Pomoryeni saqlab qoldi; ba`zi hududlar Avstriyaga o`tgan.
Polyak milliy-ozodlik harakatlari (1794) (T. Kostyushko boschiligida), 1830—1831, 1846, 1848, 1863—64da bostirilgan.
[tahrir] XX asr
1915—18da, Birinchi jahon urushi paytida, Polsha Germaniya va Avstro-Vengriya tomonidan fath etildi.
1918da Polsha mustaqilligi tiklandi.
1919-21 Sovet-polyak urushi Sovet Rossiyasi mag`lubiyati bilan tugaydi va 1921 yilgi Riga tinchlik shartnomasiga ko`ra 1921yili G`arbiy Ukraina va G`arbiy Belarus yerlari Polsha tasarrufiga o`tadi.
1926da Polshada Yuzef Pilsudskiy boshchiligida avtoritar milliy-separatik sanacion tuzum tuziladi.
1931 yilning 15 iyunida SSSR va Polsha do`stlik va savdo aloqalari to`g`risidagi Bitimga kelishishadi. 1932 yilning 25 yanvarida SSSR va Polsha o`zaro hujum qilmaslik haqida Bitimni imzolashadi.
1938da Polsha Germaniya bilan Chexoslovakiyani bo`lib olishadi. Polsha qaramog`iga ko`mir koni joylashgan Teshin rayoni o`tadi.