Falsafa
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Falsafá (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri.
[tahrir] Falsafa nima?
- Asosiy maqola: Metafalsafa.
Anʼanaga koʻra falsafa fikrlanadigan nimarsalar (doiralariga mavjudlik va fikr, koinot va uni anglovchi ruh kiruvchi umumqoidalar) sababini tadqiq etish, deb aniqlanadi. Fikr anʼanaviy falsafada asosiy turkumlardan biri — mavjudlik sifatida koʻriladi (Parmenid tezisi: «fikrlash — mavjudlik demak»). Mavjudlikka nafaqat sodir boʻlayotgan voqeʼliklar, balki aql bovar qiladigan har qanday hodisalar ham kiradi. Fikr doirasidagi barcha narsalarni ularning xusuiy hollariga tayanib koʻrib boʻlmasligi tufayli, aksar faylasuflar oʻz eʼtiborini sabablarga — imkon qadar umumlashgan tushunchalarga, turkumlarga qaratadilar. Turli davrlar va turli falsafiy oqimlar uchun bu turkumlar ham turlichadir (Gegel: «falsafa — fikrda tutilgan davr»).
Falsafa «Xudo mavjudmi?», «Obyektiv bilish ilojlimi?», «U yoki bu qilmishni qanday qilib yaxshi-yomonga ajratish mumkin?» kabi savollarga javob izlaydigan mantiq, metafizika, ontologiya, epistemologiya, estetika, etika va boshqa turfa boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Falsafaning fundamental uslubi shunday savollarga javob beris uchun ularga tegishli dalillarni baholaydigan xulosa chiqarish, deb koʻriladi. Biroq, falsafaning aniq va yakka uslubiyati yoʻq. Nimani falsafa deb hisoblash mumkin, degan savol atrofida hamon bahslar olib borilmoqda, va falsafa tushunchasi turli falsafa maktablarida turlichadir.
«Falsafa» atamasining oʻzi undagi gʻoyalar orasidagi fundamental farqlar tufayli qiyin taʼriflanadigan boʻlib kelgan. Katta Sovet Ensiklopediyasi falsafani «jamiyat onginig shakli; mavjudlik va bilisning umumiy prinsiplari, inson va olam munosabatlari, tabiat, jamiyat va fikrlash taraqqiyoti qonuniyatlari haqidagi fan», deb taʼriflasa, zamonaviyroq Penguin Dictionary of Philosophy (ingl. Penguin nshr. falsafiy lug`ati)ga koʻra «falsafa fikrlash, harakat va voqeʼlikka taalluqli eng fundamental va umumiy tushunchalar va prinsiplarhaqidagi fandir».
Kundalik turmushda «falsafa» soʻzi shuningdek kishining dunyoqarashi, eʼtiqodi yoki etikasini bildirishi ham mumkin.
[tahrir] Atama tarixi
«Faylasuf» atamasini yunon faylasufi Pifagor kiritgan, deb hisoblanadi. Laertlik Diogenga koʻra [1]:
Falsafani filosofiya [donishlikni sevish], oʻzini esa filosof [donishlikka oshiq], deb Pifagor ilk atay boshladi, Sikionda Leont ila, Sikion (Fliunt) badhukmdori ila bahslasharkan …; uning soʻzlariga koʻra, inson emas, faqatgina xudo donishmand boʻla oladi. Xuddi ruhini choʻqqiga koʻtargandek, falsafani «donishlik», falsafa soʻquvchini esa «donishmand», deyish norasolik boʻlur edi; faylasuf ["donislikka oshiq"] esa — donishlikka intiluvchi kimarsadir, xolos.
Pifagor oʻzidan keyinga falsafiy mehnatlar qoldirmadi, shuning uchun «faylasuf» soʻzini qoʻllagan ilk muallif Geraklitdir[2]:
Bu faylasuf-kishilar juda koʻp narsani bilishlari lozim
«Falsafa» atamasi ilk bora Aflotun dialoglarida uchraydi.
«Falsafa» atamasi Qadimgi Yunonistondan G`arb va Yaqin Sharq mamlakatlariga tarqaldi.
Sharqiy anʼanalarda falsafa alohida sohaga aylanmay, maʼnaviy, diniy va siyosiy bilimlarga singib ketdi.
- Hind falsafasi[3]:
- Barahman-vidya — Mutlaq donishmand
- Anvikshiki — refleksiv tariqat
- Darshana — nazariy tariqat
- Mata — nazariya
- Xitoy falsafasi
- Syue — nazariya
[tahrir] Qoʻshimcha
- ↑ Диоген Лаэртский. Книга I // О жизни, учениях и изречениях знаменитых философов / Пер. М. Л. Гаспарова. — М.: Мысль, 1986.
- ↑ Фрагмент B 35 DK. Пер. М. А. Дынника.
- ↑ Paribok A. Философия в Индии // Индуизм. Джайнизм. Сикхизм: Словарь. — М., 1996. — B. 432.
Этот шаблон использует устаревший параметр "название". Пожалуйста, отредактируйте эту статью, заменив "название" на "заглавие".Этот шаблон использует устаревший параметр "город". Пожалуйста, отредактируйте эту статью, заменив "город" на "место".