Ebooks, Audobooks and Classical Music from Liber Liber
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z





Web - Amazon

We provide Linux to the World


We support WINRAR [What is this] - [Download .exe file(s) for Windows]

CLASSICISTRANIERI HOME PAGE - YOUTUBE CHANNEL
SITEMAP
Audiobooks by Valerio Di Stefano: Single Download - Complete Download [TAR] [WIM] [ZIP] [RAR] - Alphabetical Download  [TAR] [WIM] [ZIP] [RAR] - Download Instructions

Make a donation: IBAN: IT36M0708677020000000008016 - BIC/SWIFT:  ICRAITRRU60 - VALERIO DI STEFANO or
Privacy Policy Cookie Policy Terms and Conditions
Esperanto - Wikipedia

Esperanto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Esperanto bayrogʻi
Esperanto bayrogʻi

Esperánto — eng keng tarqalgan sunʻiy til (loyihaviy, deb ham ataladi; turli manbalarga koʻra hozirda dunyoda 2 milliondan 20 milliongacha esperantistlar yashaydi). Varshavalik okulist Lazar (Lyudvig) Markovich Zamenhof tomonidan 1887 yili oʻn yillik mehnat natijasi oʻlaroq yaratilgan. Nashr qilingan birinchi kitobi «D-ro Esperanto. Lingvo internacia. Antaŭparolo kaj plena lernolibro» («Doktor Umidvor. Xalqaro til. Muqaddima va toʻliq darslik»), deb atalgan. Zamenhofning taxallusi — Esperanto — tez orada shu tilning nomiga aylandi.

Contents

[tahrir] Til

Esperanto har qanday ziyoli kishi uchun ikkinchi (ona tilidan soʻng) til boʻlib, universal xalqaro til boʻlishi maqsadida yaratilgan (Istisno: bugungi kunda esperantoni oʻz ona tili, deb tan oluvchilar (denaskuloj) ham mavjud, ularning soni 200 dan 2 minggachadir). Esperanto tilini oʻrganish nisbatan osonligi hamda uning neytralligi, etnik emasligi tillararo toʻsiqni bemalol yengib oʻtishga yordam qiladi.

[tahrir] Alifbo va talaffuz

Alifbo: A, B, C, Ĉ, D, E, F, G, Ĝ, H, Ĥ, I, J, Ĵ, K, L, M, N, O, P, R, S, Ŝ, T, U, Ŭ, V, Z.

Har bir harfga bitta tovush mos keladi (fonetik xat). Xarf oʻqilishi uning soʻzdagi joylashishiga bogʻliq emas (xususan, soʻz oxiridagi jarangli undoshlar oʻqilmaydi).

Urgʻu doim oxirgidan oldingi boʻginga tushadi.

C (co) ts, deb talaffuz qilinadi: centro — markaz, sceno — sahna. Ĉ (ĉo) ch, deb talaffuz qilinadi: ĉefo — shef, boshliq; ĉokolado — shokolad. G (go) doim g, deb talaffuz qilinadi (baʼzi tillardagi kabi j emas): grupo — guruh, geografio — joʻgʻrofiya. Ĝ (ĝo) j, deb talaffuz qilinadi: ĝardeno [jardéno] — bogʻ, etaĝo [etájo] — qavat. H (ho) inglizchadagi h kabi boʻgiq talaffuz qilinadi: horizonto — ufq. Ĥ (ĥo) oʻzbekchadagi x kabi talaffuz qilinadi: ĥameliono — buqalamun, ĥirurgo — jarroh, ĥolero — oʻlat. J (jo) — y,deb talaffuz qilinadi: jaguaro — yaguar, jam — allaqachon. Ĵ (ĵo) ruschadagi j kabi talaffuz qilinadi: ĵargono — jargon, ĵaluzo — rashk, ĵurnalisto — muxbir. Ŝ (ŝo) sh, deb talaffuz qilinadi: ŝi — u, ŝablono- shablon. Ŭ (ŭo) — inglizchadagi w kabi talaffuz qilinadi: paŭzo — pauza, Eŭropo — Yevropa.

Talaffuz namunasi ("Hazrat" duosi)

[tahrir] Lugʻat

Soʻzlarning koʻpchiligi roman-german tillaridagi soʻzlar bilan oʻzakdosh. Baʼzi soʻzlar slavyan tillaridan olingan. Ularning boshlangʻich orfografiyasi esperanto tilida saqlanib qolmagan.

[tahrir] Grammatika

Esperanto grammatikasini istisnolarsiz 16 qoida koʻrinishida tasniflash mumkin (birinchi darslikda aynan 16ta qoida yozilgan edi). Yozuv uchun lotin alifbosi asosidagi fonematik alifbo ishlatiladi.

[tahrir] Esperantistlar

Esperantistlar, yaʼni esperanto tilida gaplashuvchilar soni aniq emas. Lekin, shunisi aniqki, esperanto tili sunʼiy tillar ichida eng omadlisidir. 2004 yilgi maʼlumotlarga koʻra, Universala Esperanto-Asocio (Butunjahon Esperanto Assotsiatsiyasi) 114 ta mamlakatda oʻz aʼzolariga ega, har yili oʻtkaziladigan Universala Kongreso (Butunjahon Esperantistlar Kongressi) esa 5 ming nafargacha ishtirokchi yigʻadi.

[tahrir] Havolalar


Bu maqola juda qisqa.

nothumb

Iltimos, maqolani kengaytiring.

Our "Network":

Project Gutenberg
https://gutenberg.classicistranieri.com

Encyclopaedia Britannica 1911
https://encyclopaediabritannica.classicistranieri.com

Librivox Audiobooks
https://librivox.classicistranieri.com

Linux Distributions
https://old.classicistranieri.com

Magnatune (MP3 Music)
https://magnatune.classicistranieri.com

Static Wikipedia (June 2008)
https://wikipedia.classicistranieri.com

Static Wikipedia (March 2008)
https://wikipedia2007.classicistranieri.com/mar2008/

Static Wikipedia (2007)
https://wikipedia2007.classicistranieri.com

Static Wikipedia (2006)
https://wikipedia2006.classicistranieri.com

Liber Liber
https://liberliber.classicistranieri.com

ZIM Files for Kiwix
https://zim.classicistranieri.com


Other Websites:

Bach - Goldberg Variations
https://www.goldbergvariations.org

Lazarillo de Tormes
https://www.lazarillodetormes.org

Madame Bovary
https://www.madamebovary.org

Il Fu Mattia Pascal
https://www.mattiapascal.it

The Voice in the Desert
https://www.thevoiceinthedesert.org

Confessione d'un amore fascista
https://www.amorefascista.it

Malinverno
https://www.malinverno.org

Debito formativo
https://www.debitoformativo.it

Adina Spire
https://www.adinaspire.com