Suyun, Azim
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azim Suyun | |
Azim Suyun | |
Tavallud sanasi: | 1948 |
---|---|
Kasb: | Shoir |
Faoliyat: | 1978 yildan |
Magnum opus: | "Sarbadorlar" (1994) |
Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) 1948 yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlogʻida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1977 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. I chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
[tahrir] Azim Suyun
Azim Suyun harbiy xizmat burchini oʻtab qaytgach, poytaxt qurilishlarida mehnat qildi. Keyinchalik «Toshkent universiteti» gazetasida adabiy xodim, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir boʻlib ishladi. Oʻzbekiston Matbuot Davlat qoʻmitasida adabiy maslahatchi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib, «Xalq soʻzi» gazetasida boʻlim muharriri, 1993—2002 yillarda «Oʻzbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalarining Bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi. Ayni paytda «Guliston» jurnalining Bosh muharriri.
Azim Suyun butunjahon shoirlar kongressi aʼzosi.
[tahrir] A. Suyun. Sarbadorlar.
Azim Suyun sheʼrlari, sheʼriy turkumlari va kitoblari turk, ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq, tuva va boshqa tillarda chop etilgan.
Azim Suyunning «Sarbadorlar» tragediyasi, «Zamin taqdiri», «Oʻzbekiston», «Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha va yoki imorat» kabi dostonlari mashhur.
Azim Suyun keng qamrovli dramaturg, haqsoʻz publitsist sifatida ham tanilgan.
Azim Suyunning oʻzbek tilida nashr etilgan toʻplamlari:
- «Mening osmonim» — 1978 yil.
- «Zarb» — 1979 yil.
- «Zamin taqdiri» — 1981 yil.
- «Xayolot» — 1984 yil.
- «Ziyo yoʻli» — 1986 yil.
- «Javzo» — 1987 yil.
- «Olis tonglar» — 1989 yil.
- «Kuyganim-suyganim» — 1992 yil.
- «Sarbadorlar» — 1994 yil.
- «Qora koʻzing sening» — 1994 yil.
- «Saylanma» — 1997 yil.
- «Oʻzlik» — 1999 yil.
[tahrir] Azim Suyun ijodi tadqiq etilgan maqolalar
- Ibrohim Gafurov. «Jimjit bulut ichidan chaqin», «Oʻzlik» (toʻplam), T.: 1999, «Sharq» NMAK, (3-7 betlar)
- Umarali Normatov. «Soʻz tuzalsa – el tuzalar», «Xalq soʻzi» — 1992 yil.
- Abdulla Oripov. «Bitik – mustaqil janr», «Tafakkur» jurnali, 2002 yil, 3-son.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |