Muhammadsharif Gulxaniy
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadsharif Gulxaniy (XVIII — XIX asrlar) Taniqli oʻzbek adibi, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. Oʻratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tugʻilgan, hayot yillari nomaʼlum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. «Zarbulmasal» asari Umarxonning torshirigʻi bilan yozilgan. U haqda Fazliyning «Majmuai shoiron», Vozehning «Tuhfatul-ahbob», Avazmuhammad Attorning «Tarixi jahonnoma» asarlarida maʼlumot bor.
«Zarbulmasal»da «Kalila va Dimna» va sharq mumtoz nasri anʼanalari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. «Zarulmasal» bir necha qoʻlyozma va bosma nusxalari mavjud, ular OʻR FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon tartib bergani aytilsa-da, biroq u topilmagan. Ayrim sheʼrlari fors tilidagi bayozlarda ham uchraydi.
Gulxaniy ijodi oʻzbek olimlari A.Qayumov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M. Qoʻshjonov, M. Qoʻshmoqov, A. Asrorov v.b. olimlar tomonidan oʻrganilgan.
[tahrir] Nashr qilingan asarlari
- Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). -T: 1958;
- Oʻzbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. -T: 1959.
[tahrir] Ilmiy adabiyot
- Oʻzbek adabiyoti tarixi. 4-jild. -T.: 1978;
- F.Ishoqov. Gulxaniy va uning «Zarbulmasal» asari. -T.: Fan, 1972;
- F.Ishoqov. Maktabda Gulxaniy ijodini oʻrganish. — T.: 1986;
- M.Qoʻshjonov. «Zarbulmasal» asarining badiiy xususiyatlari. Kitobda: Mohiyat va badiiyat. — T.: 1974;
- M.Qoʻshmoqov. Mulla Gulxaniy. «Sharq yulduzi» jurn. 1991, № 1.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |