Is'hoqxon Ibrat
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Is'hoqxon Ibrat (1862-1937) ma'rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk о'zbek matbaatchilaridan bо'lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi То'raqo`rg`оn qishlog`ida tug`ilgan. Dastlabki ma'lumotni eski maktabda, so`ngra onasining qo`lida oladi. Keyinroq Qo`qonga borib madrasaga о'qishga kiradi.
Is'hoqxon Ibrat 1886-yilda madrasani tugatib, То'raqo`rg`onga qaytib keladi. U о'z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma'rifat tarqatish bilan boshladi. 0'sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.
Is'hoqxon Ibrat 1887-yilda haj safariga otlanadi. So`ng u Sharq mamlakatlari Ьо'ylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istambul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarida bо'ldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Bombey va Kalkuttada yashaydi. Is'hoqxon u yerlarda ko`р ishlatiladigan arab, fors, hind-urdu vа ingliz tillarini mukammal о'rgandi. U 1896-yilda о'z vataniga qaytib keldi. 1901-yilda "Lug`ati sitta-alsina" asarini bosmadan chiqaradi. Mazkur lug`at jadid maktablarida sharq va rus tillarini о'rganishda birdan bir qo`llanma sifatida foydalanib kelindi.
Is'hoqxon Ibrat 1912-yilda yozuvlar tarixiga bag`ishlangan "Jome' ul-xutut" ("Yoshlar majmuasi") asarini yaratdi vа о'z matbaasi "Matbaayi Is'hoqiya"da bosmadan chiqardi. Ibrat chin qalbdan о'z xalqining ilmli, ma'rifatli bо'lishini istadi. Keyingi 20-yil ichida 14 ta ilmiy-:,. tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmuyi bо'lmish "Devoni Ibrat" she'rlar to`plamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid "Tarixi Farg`опа", "Tarixi madaniyat" va "Mezon uz-zamon" ilmiy asarlarini yaratdi.
Ibratning so`nggi yillardagi hayoti ancha tahlikali о'tdi. 1935-yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937-yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir ча ma'rifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi. Is'hoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi noma'lum.