Hoshimov, Oʻtkir
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtkir Hoshimov Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmita raisi.
[tahrir] Oʻ. Hoshimov
«Choʻl havosi» nomli birinchi qissasi 1963 yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. «Urushning soʻnggi qurboni», «Yanga», «Muhabbat», «Dehqonning bir kuni», «Umr savdosi», «Quyosh tarozusi», «Oq bulut, oppoq bulut» singari oʻnlab hikoyalari, «Shamol esaveradi» (1968), «Bahor qaytmaydi» (1970), «Qalbingga quloq sol» (1973), «Dunyoning ishlari» (1982), «Ikki karra ikki-besh» (1987) qissalari, «Nur borki, soya bor» (1976), «Ikki eshik orasi» (1985), «Tushda kechgan umrlar» (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy oʻzbek xalqining maʼnaviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.
«Toʻylar muborak», «Sizdan ugina, bizdan bugina», «Vijdon dorisi», «Inson sadoqati», «Qatagʻon» singari pesalar muallif. U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
[tahrir] Nashr etilgan asarlari
- Hoshimov Oʻ. Bahor sogʻinchi -T. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 2001.
- Hoshimov Oʻ. Hadikli tushlar. -T. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 2002.
- Hoshimov Oʻ. Saylanma (2 jildlik). T.: «Sharq», 1993.
- Hoshimov Oʻ. Bahor qaytmaydi. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1993.
- Xashimov U. Voyti i viyti… Roman. -Moskva. (per s uzb.). 1988.
- Xashimov u. Den motilka. Povest i razzkazi. (Per. s uzb.) -T. Izd «Molodaya gvardiya». 1970.
[tahrir] Ilmiy adabiyotlar
- Rasulov A. Ardoqli adib. Toshkent. «Sharq», 2001.
- Karimov H. Oʻtkir Hoshimov. Toshkent. «Yozuvchi», 2002.
- Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: «Oʻqituvchi», 1999.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |