Gʻulom, Gʻafur
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻafur Gʻulom (1903—1966) 1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tugʻilgan. «Shum bola» (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.
«Dinamo» (1931), «Tirik qoʻshiqlar» (1932) toʻplamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy oʻziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuygʻular «Qish va shoirlar» (1929), «Non» (1931), «Toshkent» (1933), «Qutbda saylov» (1937), «Men Yahudiy» (1941), «Qish» (1941), «Xotin» (1942), «Afsuski, afsusni qoʻshib koʻmmadi» (1945) singari sheʼrlarda aks etdi.
Contents |
[tahrir] Gʻ. Gʻulom. Yodgor.
«Bogʻ» (1934), «Sogʻinish» (1942), «Kuz keldi» (1945), «Kuzgi koʻchatlar» (1948) singari sheʼrlarida obod bogʻ, saxiy bogʻbon, umiddagi kelajak gavdalanadi. Gʻafur Gʻulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi masʼullik Ota timsolida aks etgan «Sen yetim emassan» (1942), «Sogʻinish» (1942), «Biri biriga shogird, biri biriga ustod» (1950), «Sizga» (1947), «Bahor taronalari» (1948) singari sheʼrlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi.
«Netay» (1930), «Yodgor» (1936), «Shum bola» (1936—1962) qissalari, «Hiylai sharʼiy» (1930), «Mening oʻgʻrigina bolam» (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.
[tahrir] Gʻ. Gʻulom. 5 tom.
1943 yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy aʼzo boʻldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini («Navoiy va zamonamiz» (1948), «Folklordan o`rganaylik» (1939), «Jaloliddin» dramasi haqida]]" (1945), «Muqimiy» (1941)) yoritib berdi.
Gʻafur Gʻulom ijodi Oʻzbekiston yurtining betakror qiyofasini, oʻzbek xalqining oʻta tabiiy xarakterini yuksak badiiylik bilan yoritadi.
Shoir Gʻafur Gʻulom 1966 yilning 10 iyunida vafot etdi, Chigʻatoy qabristoniga dafn etildi.
[tahrir] Asarlari
- Gʻafur Gʻulom. Asarlar. Oʻn tomlik. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1970—1978.
[tahrir] Adabiyotlar
- Mamajonov S. Shoir va zamonaviylik. Toshkent, «Fan», 1963.
- Akbarov A. Gafur Gulyam. T.: «Yosh gvardiya», 1974.
- Sharafiddinov O. Xalq baxtining otashin kuychisi. Kitobda: Gʻafur Gʻulom. Asarlar, 10 tom, T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978, 180—229.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |