Erkin Aʼzam
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erkin Aʼzam 1950 yil 10 avgustda togʻli Boysunda tugʻildi. 1972 yil Toshkent Davlat universiteti (xozir Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, «Guliston» va «Yoshlik» jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va Sanat nashriyotida tahririyat mudiri boʻldi. 1992—1994 yillarda Oʻzbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari. 1995 yildan «Tafakkur» jurnali bosh muharriri I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati.
«Chiroqlar oʻchmagan kecha» (1977), «Otoyining tutilgan yili» (1981), «Olam yam-yashil» (1984), «Javob» (1986), «Bayramdan boshqa kunlar» (1988), «Mir v tsvetax» (1999), «Pakananing oshiq koʻngli» (2001), «Kechikayotgan odam» (2002) toʻplamlari muallifi. Yozuvchi asarlari asosida «Chantrimore», «Riyoda», «Dilxiroj» filmlari suratga olingan. Asarlarini ruhan birlashtirib turadigan jihat-insoniy erk, xar qanday zoʻravonlikka munsabat masalasidir.
[tahrir] Asarlari
- Aʼzamov Erkin. Otoyining tugʻilgan yili. Toshkent Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1981 yil, 8,0 b.t.
- Aʼzam Erkin. Kechikayotgan odam. Toshkent. «Sharq» nashriyoti 2002 yil 20 b.t.
[tahrir] Adabiyotlar
- Asqad Muxtor. Bosh tashvish. Kitobda: Aʼzamov Erkin. Javob. Toshkent «Yosh gvardiya», 1986 yil.
- Rasulov A. Badiiy asar xamisha jozibali. «Kitob dunyosi», 2002, oktyabr.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |