Somoniylar davlati
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
9-asrning 20-yillarida Movarounnahrda Asad ibn Somon va uning o`g`illari xalifatga sodiqliklari bilan namoyon bo`lgan. ko`targan Rafi ibn Lays qo`zg`alonini bostirishga erishdilar. Ularning bobosi Somon Farg`onaning dehqon oilasidan chiqqan (uning Bal yoki Termez viloyatlaridanligi haqida farazlar ham mavjud). Xalif al-Ma'munga sadoqatli xizmatlari evaziga Xuroson noibi Xasan ibn Abbad (819-821 yy.) Asad ibn Somon o`g`illarini muhim viloyatlar va shaharlarning hokimi etib tayinlaydi. Nuhga - Samarqand, Ahmadga - Farg`ona, Yahyoga - Shosh va Ustrusxon, Ilyosga - Xirot tuhfa etiladi. Nuh oila sardori bo`lgan, uning o`limidan so`ng bu vakolat - Ahmad ibn Asadga o`tgan. Ahmad davrida somoniylar xalifat va toxiriylardan muxtoriyat olishga erishadilar. Ahmad ibn Asad oilasi somoniylarning barcha hududlarini o`ziga bo`sundirib, Movarounnahrda ulkan davlat barpo etadi. Ahmad siyosati Samarqandda hukmronlik qilgan uning o`g`li Nasr tomonidan davom ettiriladi. Somoniylarning ta'sirini inobatga olib, xalif Mutadim 875 yili poytaxti Samarqand bo`lgan Movarounnahr boshqaruvini butunlay Nasr ibn Ahmad (875-892 yy.) ihtiyoriga topshiradi. 874 yildan buyon Boxoroni boshqargan Nasr ukasi Ismoil (892-907 yy.) 892 yili Movarounnahr amiri bo`ladi. 900 yili Ismoil Somoni Bal yonida bo`lgan jangda Saffarid Amr ibn Leysni mag`lubiyatga uchratadi. Natijada Xuroson, keyinchalik esa Siston somoniylar davlati tarkibiga qo`shib olinadi. Xuroson 999 yilga qadar Nishapurdagi somoniy noibi tomonidan boshqarilgan. Ahmad ibn Ismoil (907-914 yy.) o`z otasi Ismoil davlatiga vorislik qiladi. 10-asrning 30-40-yillarida somoniy Nasr II (914-943) hukmronligi davrida davlatda karmatlar ta'limoti keng tarqaladi va unga qarshi uning o`g`li Nuh I (943-954) kurash olib boradi. Somoniylar davrida Movarounnahrda hunarmandchilik, qurilish va madaniyat gullab-yashnaydi. Karvon savdosi muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Buyuk ipak yo`li qayta jonlanib, uning yangi shahobchalari paydo bo`ladi. Shaharlar yangidan quriladi. To`quvchilik, kulolchilik, mischilik, duradgorchilikning yangi markazlari yuzaga keladi. Shaharlar ichida karvonsaroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etiladi. O`sha davrda buyuk qomusshunos olimlar al-Xorazmiy, al-Farg`oniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Sharshohiy va boshqalar yashab ijod etgan. 945 yildan buyon Xurosonda betinim notinchliklar boshlanadi. Somoniylar Abdul-Malik ibn Nux (954-961) va uning ukasi Mansur (961-976), o`g`li Mansur - Nux II (976-977), Nux II o`g`li - Abdul-Malik II (997-999) zamonida davlat asta-sekin zaiflasha boshlaydi. 999 yili Somoniylar Movarounnahrni turk hukmdorlari - qoraxoniylarga boy beradilar va shu tariqa Somoniylar davlati tugatildi. Sominiylarning so`nggi hukmdori Abdul-Malik II ning ukasi al-Muntasir 1005 yili o`ldirilgan.
Bu maqola vikifikaziya qilinishi kerak. |
|
Iltimos, bu maqolani vikipediya qoida va yo'llanmalariga muvofiq bezang. |