Kangyuy
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xitoy tarixchisi Si Ma-syan o`z kundaliklarida "yuechjilarnikiga o`xshash an'ana va urf odatlarga" ega bo`lgan ko`chmanchi Kangyuy yoki Kandzyuy va Kangxa davlatlari haqida ma'lumot beradi. Antik davr tarixchilari asarlarida Kangxa davlati tilga olinmagan, ammo Avesto va Maxabxarata kitoblarida saklar va toxarlar bilan bir qatorda kankilar to`g`risida ham atroflicha ma'lumot berilgan. Ancha keyingi Xitoy xronikalarida Amudaryo shimolida joylashgan Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo`rg`on atroflari, Toshkent vohasi hamda Xorazmning shimoliy qismidan iborat barcha davlatlar Kangyuy davlatiga qaram bo`lganligi aytiladi. Xitoy manbaalarida keltirilishicha Kangyuy davlati rahbarlari "Chao-vu" deb nomlanganlar. Umuman "djabgu" bo`lishi ham ehtimoldan holi emas, chunki xitoy transkriptlarida bu aynan ana shunday talaffuz qilinadi. Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarmi - eramizdagi I asrlarida Kangyuy davlatining qudrati o`z cho`qqisiga chiqdi. Davlatning janubiy o`lkalarida yuechjeylar, shimolida esa xunlar ta'siri kuchli bo`lgan Kangyuy davlatining qisqa muddatli tanglik davri Baktriyada yuechjeylar qirolligining kuchsizlanishi bilan nihoyasiga yetdi. Eramizda avvalgi II-I asrlarda Kangyuy davlatida o`z tangalarini zarb etish hamda pul almashinuvini yo`lga qo`yishga bo`lgan urinishlar kuzatildi. Ushbu jarayonda Grek-Baqtriya hukmronligi vaqtida amal qilgan tangalardan nusxa sifatida foydalanilgan. Kangyuy moddiy madaniy tarraqqiyot darajasi Xorazm, xususan shaharning o`ng qirg`og`ida joylashgan Janbas-qal'a hududida amalga oshirilgan qazuv ishlari natijalarida namoyon bo`ladi. 200x170 hajmdagi qal'a balandligi 10-11 metrlik xom g`ishtdan qilingan devor bilan o`ralgan. Darvozadan qal'a markazi sari keng ko`cha yotqazilgan. Ko`cha oxirida qurbonlik keltirish uchun aylana shaklidagi metal supaga ega bo`lgan muqaddas olov saqlash binosi qoldiqlari qazib ochilgan. Kangyuy davrida odamlar turli dinlarga mansub bo`lgan: zardo`shtiylik, Anaxita oqimi, ot siymosida namoyon bo`lgan Mitra oqimi.
Ushbu davrda Kangyuy madaniyati bilan bog`liq harbiy texnika sohasida erishilgan eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bu keyinchalik keng tarqalgan taktik uslublar bo`ldi: masalan, janglarda aslahalar bilan himoyalangan otlar va sovut kiygan chavandozlar safining jipslashtirilgan holda tuzilishi. Chavandozlar kamon, nayza va qilich bilan qurollanganlar. Kangyuyning Kusxon imperiyasi tarkibida bo`lganligi hali ham noma'lum. Xitoy manbaalariga asosan Kangyuy eramiz boshida ham o`z mustaqilligini saqlab qolgan hamda yansay (aorslar-alanlar) va boshqa qabilalar ustidan hukmronlik qilgan.
Bu maqola vikifikaziya qilinishi kerak. |
|
Iltimos, bu maqolani vikipediya qoida va yo'llanmalariga muvofiq bezang. |