Marg`ilon
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marg‘ilon - Margilan yoki Margelan. Maydoni: 4083 gektar. Aholi soni: 190,2 ming kishi. Shahrda 30 dan artiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Jumladan, 91,9 % o'zbeklar, 3,1% ruslar, 1,4% tatarlar. Shahr iqlimi - kontinental, qish yumshoq, yoz esa juda issiq keladi. Marg`ilon, Farg`ona viloyatida joylashgan asosiy shaharlardan biri. Geografik kordinatlari:40°28' 16 N Shimoliy kenglik, 71°43' 29 E Sharqiy uzunlikda. Dengizdan 487 metr balandlikda. Marg'ilon shahri ming yillardan beri o'zining usta-hunarmandlari, olimu fuzalolari bilan dunyoga mashhurdir. 2007 yil YUNESKO qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari o'tkaziladi. Shaharning internet sayti: http://www.margilon.uz
[tahrir] Marg`ilon Tarixi
Afsonalarga ko`ra, Marg`ilonga Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan.Aytishlaricha Zulqarnayn ovqatlangani to`htaganda,unga Murg` ya'ni tovuq va Non berilgan ekan va shundan Murg`inon bo`lib shaharni nomi kelib chiqqan ekan.Lekin boshqa ishonchliroq ma'lumotlarga qaraganda Marg`ilon Miloddan Keyingi IX asrda Buyuk Ipak Yo`lidagi muhim shahrlardan bo`lgan.XV asrda yashab o`tkan vatandoshimiz va Mug`ullar davlatining asoschisi Bobur o`zinig Boburnoma kitobida "ko`b yahshi narsalarga boy shahar.Uning Shaftolilari va Anorlari ham ko`b yahshidur" deb yozgan.Va uning aytishicha "Samarqandnig va Toshkentning eng ko`zga ko`ringan bezori va urishqoqlari Marg`ilonliklardir".Bu "sharaf" hozirgi zamonlargacha ham yetib kelgan.Marg`ilon savdogarlari O`rta Osiyo savdo-sotig` ishlarida muhim rol o`ynaganlar va Sovet davrida bu shaxarni odamlarini qonun bilan chiqishmo`vchiliklari bo`lgan.Buni ustiga o`sha paytlarda Marg`ilon, O`zbekistonning-Qora Bozorini(Noqonuniy bozor) markazi bo`lgan.Hozirgi kunda Marg`ilon konservativ Isomning markazlaridan.
Yana shaxarda,O`zbekistondagi eng yirik Shoi ishlab chiqaradigan Yodgorlkik Shoi Korhonasi va Marg`ilon Shoi Korhonalari joylashgan.Farg`ona Vodiysiga shoi to`qish qachon kelganligi noma'lum,lekin eski zamonlardan ma'lumki Marg`ilon bu sohada juda mashhur bo`lgan.
[tahrir] Shaxarning Turistik Joylari
Xonaqa masjidi - 4 asrlik tarixga ega bo'lgan jome' masjidi.
Said Ahmad Ho`ja Madrasasi - XIX asrdan bera faoliyat ko`rsatib kelayotgan madrasa.
Toron Masjidi - XIX asrdan qolgan kichkinagina masjid.