Ebooks, Audobooks and Classical Music from Liber Liber
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z





Web - Amazon

We provide Linux to the World


We support WINRAR [What is this] - [Download .exe file(s) for Windows]

CLASSICISTRANIERI HOME PAGE - YOUTUBE CHANNEL
SITEMAP
Audiobooks by Valerio Di Stefano: Single Download - Complete Download [TAR] [WIM] [ZIP] [RAR] - Alphabetical Download  [TAR] [WIM] [ZIP] [RAR] - Download Instructions

Make a donation: IBAN: IT36M0708677020000000008016 - BIC/SWIFT:  ICRAITRRU60 - VALERIO DI STEFANO or
Privacy Policy Cookie Policy Terms and Conditions
Atom bombasi - Wikipedia

Atom bombasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nagasakida atom bombasining portlashi. 1945 yil.
Nagasakida atom bombasining portlashi. 1945 yil.

Yadroviy qurol — quvvat manbasi atom yadrolarining sintez qilinishi (yadroviy reaksiya)dan yoki boʻlinishidan hosil boʻladigan qoʻporuvchi qurol. Tor maʼnoda tushuntirilganda, ogʻir yadrolarning boʻlinishidan hosil boʻlgan quvvatni ishlatuvchi qoʻporuvchi qurol. Yengil yadrolarning sintez qilinishidan hosil boʻlgan quvvatni ishlatuvchi moslamalar termoyadrolar deb ataladi. Yadroviy qurol ham yadroviy oʻq-dori sifatida, ham ularni manzilga yetkazuvchi boshqaruv moslamasi hisoblanadi; biologik hamda kimyoviy qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirgʻin qurollariga kiradi.

Yadroviy oʻq-dorini ishlatish jarayonida yadoviy portlash yuz beradi. Uning zararlantiruvchi omillariga quyidagilar kiradi:

  • yorugʻlikdan nurlanish
  • ion nurlanish
  • zarb toʻlqini
  • radioaktiv zararlanish
  • elektrmagnit impuls

Zaryad xilidan qatʼiy nazar yadroviy qurol, termoyadroviy qurol va neytron qurolni ajratish mumkin. Yadroviy qurol taktik, operativ-taktik va strategik kabi xillarga boʻlinadi.

Yadroviy qurol butun Sovuq urush davrida ishlatish bilan qgʻrqitish uchun shantaj qiluvchi moslama vazifasini bajargan.

Contents

[tahrir] "Manxetten loyihasi"

Birinchi yadroviy qurol Ikkinchi jahon urushi oxirlarida, 1944 yilda Robert Oppengeymer rahbarligidagi Amerikaning oʻta maxfiy "Manxetten loyihasi" doirasida yaratilgan. Ilk ikkita bomba 1945 yil avgustida Yaponiyaning Xirosima (6 avgust|) va Nagasaki (9 avgust) shaharlariga tashlangan.

[tahrir] Harakat prinsipi

Yadroviy qurolning asosiga yadroning boʻlinishini taʼminlaydigan davomiy boshqarib boʻlmaydigan reaksiya joylashtirilgan.

[tahrir] Uran bombasi

Reaksiya oʻzini oʻzi quvvatlab turishi uchun unga zarur "yoqilgʻi" kerak, ilk bosqichlarda bu "yoqilgʻi" vazifasini uran izotopi bajargan.

Tabiatda uranning ikki xil izotopi uchraydi - uran-235 va uran-238. Uran-235ni neytronni yutish jarayonining oxirgi protsessida bittadan uchtagacha neytronlar ajralib chiqadi:

U^{235} + n_0^1 \to U^{236} \to Kr^{92} + Ba^{141} + 3 n_0^1

Bunga qarama-qarshi ravishda, uran-238 neytronlar yutish jarayonida yangilarini hosil qilmaydi. U uran-239 aylandi, keyin neptuniy-239 va shundan keyin barqaror plutoniy-239ga aylanadi.

Yadroviy bombaning ishlashi uchun 80%dan kam boʻlmagan uran-235 kerak boʻladi, aks holda, uran-238 davomiy yadroviy reaksiyani tezda buzadi. Tabiatdagi uranning deyarli barchasini, 99,3%ni uran-238 tashkil etadi. Shuning uchun sanoatda ogʻir va koʻpbosqichli uranni boyitish jarayoni olib boriladi, natijada u uran-235 darajasiga yetkaziladi. Inson tomonidan harbiy holatlarda ishlatilgan ilk yadroviy qurol, asosi uran boʻlgan bomba hisoblanadi (Xirosimaga tashlangan "Kichkintoy" bombasi). Bir qator qiyinchilikar (olish, qayta ishlash va tashish) tufayli hozirda koʻp tarqalmagan. Uning oʻrniga boshqa zamonaviy ancha yengil radioaktiv portlatuvchilar ishlatilmoqda.

[tahrir] Pluton bomba

Tajriba-tekshiruv maqsadlarida yaratilgan ilk yadroviy zaryad, "Gadget" yadroviy moslamasi boʻlgan (ingl. gadget - moslashuv, bekorchi) - "Semiz" pluton bombasining oʻxshashi. Nevada shtatida sinalgan.

Tuzilish jihatidan bomba bir-biriga kiydirilgan bir necha qobiqlardan iborat:

  1. Initsiator, odatiy radiusi 2 santimetr.
  2. Plutoniy
  3. Parda
  4. Portaltuvchi modda
  5. Korpus

bo'limni davom ettirish kerak, так как в плутониевой бомбе имеются принципиальные отличия, берущие начало из более высокой скорости детонации плутония, что делает невозможным создание бомбы по схеме «пушка» (урановый «Малыш»).

[tahrir] Yadroviy klub

"Yadroviy klub"ga yadroviy qurolga ega boʻlgan davlatlar - AQSh (1945) yildan), Rossiya (avvalboshda Sovet Ittifoqi: 1949 yildan), Buyuk Britaniya (1952), Fransiya (1960), Xitoy (1964), Hindiston (1974), Pokiston (1998) va balki KXDR (2003?) kiradi. Isroil oʻzida yadroviy qurol borligi haqidagi maʼlumotlarga sharh bermagan, ammo ekspertlarning xulosalariga koʼra ancha katta zahiraga ega. Uncha katta boʻlmagan yadroviy qurollar zahirasi JARda ham bor edi, ammo hamma olti zaryadlari ko'ngilli ravishda yoʻq qilingan. 1992 yildagi Lissabon protokoliga koʻra 1990-[[1991] yillarda Ukraina, Belarussiya va Qozogʻiston hududlariga joylashtirilgan sobiq Ittifoq yadroviy qurollarining bir qismi Rossiya Federatsiyasiga qaytarilgan. Isroildan boshqa hamma yadroviy mamlakatlar, oʻzlari yaratgan yadroviy zaryadlarni sinovdan oʻtkazganlar. Bundan tashqari JAR Buve orolida yadroviy sinovlar olib borgan deb tahmin qilinadi.

[tahrir] Qoʻshimcha manbalar

WikiOmborda
Nuclear weaponsga oid maqola bor
  • Yadroviy qurolni tarqatmaslik haqida kelishuv
  • MAGATE
  • KXDRning yadroviy dasturi
  • Eron — Eron yadroviy dasturi haqida
  • Vodorod bombasi
  • Iflos bomba
  • Termoyadro qurollar
  • Salvadori, Mario
  • Davy Crockett

[tahrir] Saytlar

Yadroviy qurol ensiklopediyasi

Our "Network":

Project Gutenberg
https://gutenberg.classicistranieri.com

Encyclopaedia Britannica 1911
https://encyclopaediabritannica.classicistranieri.com

Librivox Audiobooks
https://librivox.classicistranieri.com

Linux Distributions
https://old.classicistranieri.com

Magnatune (MP3 Music)
https://magnatune.classicistranieri.com

Static Wikipedia (June 2008)
https://wikipedia.classicistranieri.com

Static Wikipedia (March 2008)
https://wikipedia2007.classicistranieri.com/mar2008/

Static Wikipedia (2007)
https://wikipedia2007.classicistranieri.com

Static Wikipedia (2006)
https://wikipedia2006.classicistranieri.com

Liber Liber
https://liberliber.classicistranieri.com

ZIM Files for Kiwix
https://zim.classicistranieri.com


Other Websites:

Bach - Goldberg Variations
https://www.goldbergvariations.org

Lazarillo de Tormes
https://www.lazarillodetormes.org

Madame Bovary
https://www.madamebovary.org

Il Fu Mattia Pascal
https://www.mattiapascal.it

The Voice in the Desert
https://www.thevoiceinthedesert.org

Confessione d'un amore fascista
https://www.amorefascista.it

Malinverno
https://www.malinverno.org

Debito formativo
https://www.debitoformativo.it

Adina Spire
https://www.adinaspire.com